NEFT VA GAZ PAYDO BO`LISHINING MAGMATIK NAZARIYASI

Main Authors: Ibragimov T.E, Nurmonov S.E, Ko'chimov Q.F
Format: Article Journal
Bahasa: uzb
Terbitan: , 2022
Subjects:
Online Access: https://zenodo.org/record/6299620
Daftar Isi:
  • 1950-yilda professor N.A.Kudryavsev neft hosil bo'lishining magmatik farazini ilgari surdi. Uning fikricha, katta chuqurliklarda - Yer mantiyasida juda yuqori haroratli sharoitlarda uglerod va vodorod, uglevodorod radikallari – CH 3 , C 2 H 5 va C 3 H 8 ni hosil qiladi. Bosimning farqi natijasida ular mantiya moddalari bo'ylab chuqurlikdagi yoriqliklar zonasiga o'tadi va shu yoriqliklar bo'ylab yuqoriga, yer sirtiga yaqin ko'tariladi. Yuqori qatlamlarda harorat pasayib borgan sari bu radikattar o'zaro va vodorod bilan birlashadi. Natijada turli murakkabroq neftli uglevodorodlar hosil bo'ladi. Ularga uglerod oksidi va vodorodning reaksiyasidan hosil bo'lgan uglevodorodlar (bu reaksiyalar sanoatda sun'iy benzin olishda qo'llaniladi), shuningdek, M.Bertlo, D.I.Mendeleyev va boshqalar ko'rsatgan, turli metal karbidlari va suv reaksiyasidan hosil bo'lgan uglevodorodlar qo'shiladi. N.A.Kudryavsev fikricha, turli reaksiyalarning bo'lishi hosil boladigan uglevodorodlarning o'ta xilma-xil bo'lishini ta'minlaydi, bularning aralashmasi asosan esa tabiiy neftni tashkil etadi. Uglevodorodli gazlarni va neftlarni keyingi harakatlari ular Yer sirtiga yoki cho'kindi qoplamaning o'tkazuvchi jinslariga, ba'zan ular bilan chegaradosh bo'lgan kristall jinslardagi tutqichlarga olib keladi. Uglevodorodlarning harakati (migratsiyasi) suv bilan to'la yoriqlar bo'ylab yuz beradi, paydo bo'ladi, bu harakatning sababi neft hosil bo'lgan joylardagi va cho'kindi qatlamlardagi bosimlarning katta farq qilishi, shuningdek, suv va neft zichliklarining farqidir.