TALABALARDA JISMONIY MADANIYANI RIVOJLANTIRISH
Main Authors: | Axmedov Furqat Qoʻldoshevich, Karimov Sanjarbek Suvon oʼgʼli |
---|---|
Format: | Article Journal |
Bahasa: | uzb |
Terbitan: |
, 2022
|
Subjects: | |
Online Access: |
https://zenodo.org/record/5919948 |
Daftar Isi:
- Annontatsiya: Ushbu maqolada talabalarda jismoniy madaniyani rivojlantirish hsmds jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarida ta’lim berishning muhim jihatlari to’g’risida fikr yuritilgan. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari jarayonida ta’lim berishning xususiyatlarining maqsadi o’quvchi va talabalarni organizmini jismoniy rivojlantirish va sog’lom turmush tarzi kechirish talablariga o’rgatishdan iborat bo’ladi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya sport va sog’lomlashtirish tadbirlari mutaxassislik mashg’ulotlarini ijobiy o’zlashtirishga katta yordam beradi. O’quvchi va talabalar jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari, sport to’garak mashg’ulotlari, sport sog’lomlashtirish musobaqalari va bayramlari shakllarida bo’ladi. Ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari talabalar yotoqxonasida ommaviy holda, yashash oylari va oilada mustaqil holda bajariladi.Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari o’quvchi va talabalarni jismoniy rivojlantirish, sog’lomlashtirish va hayot faoliyatiga tayyorlashdan iborat bo’ladi. Jismoniy tarbiya jarayonlari barcha bosqichlarida tashkil etiladi. Jismoniy tarbiyani tashkil etishda ta’lim muassasaning pedagogik jamoasi jismoniy tarbiya o’qituvchilari va sport murabbiylaring axamiyati katta. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari sport to’garaklaridagi mashg’ulotlar, sport musobaqalari va bayramlar hamda dam olish kunlari va ta’tillarda olib boriladigan turizm mashg’ulotlari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tadbirlarida o’quvchilar hayotiy zarur harakatlar yurish, yugurish hamda sakrash va uloqtirish, tirmashib chiqish mashqlarni bajarib harakat malaka va ko’nikmalari shakllantiriladi. Jismoniy tarbiya vositalari bo’lib hisoblangan jismoniy mashqlar va tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari hamda gigienik vositalar yordamida ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ladi va organizm sog’lomlashadi. O’zbekiston Respublikasining "Halq ta’limi haqidagi" va "Jismoniy tarbiya va sport xaqida" qonunida O’zbekiston Respublikasining fuqarolari o’z salomatliklarini yaxshilash va mustaxkamlash uchun jismoniy jixatidan chiniqishlari to’g’risida qayg’urishlari shart, degan fikr ta’kidlanadi. Bu qonun to’la ma’noda o’quv dargoxlaridagi jismoniy tarbiya ishiga xam ta’luqlidir. O’quvchi va talabalar jismoniy tarbiyasi ularni jismoniy harakatlarini amalga oshirishning tashkil etilgan pedagogik jarayonidir. Ta’lim muassasasidagi jismoniy tarbiyaga oid ishlar o’quvchi va talabalardan xavaskorlikni, tashabbuskorlikni, uyushqoqlikni talab qiladigan juda hilma—hil shakllari bilan farq qiladi. Ular o’quvchi va talabalarda tashkilotchilik ko’nikmalari, faollik, topqirlikni tarbiyalashga yordam beradi. Ta’lim muassasasida o’quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi: 1. Sog’lomlashtirish. 2. Har tamonlama etuk inson qilib tarbiyalash. 3. Vatan mudofaasiga hamda mexnatga tayyorlash. Jismoniy tarbiyaning maqsadidan kelib chiqqan holda o’quvchi va talabalarni sog’lomlashtirish, chiniqtirish, jismoniy rivojlantirish, harakat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari belgilanadi: Jismoniy mashqlar va sportga oid maxsus bilimlar berish, Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o’yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, to’plandi va usluban to’ldirildi. Ularga gigienik bilim va ko’nikmalarni singdirish. Bu vazifa o’quvchi va talabalaga jismoniy mashg’ulotlarning foydasi xaqidagi, gigenik qoidalarga, dasturda ko’zda tutilgan barcha jismoniy mashqlarni to’g’ri bajarish qoidalariga rioya qilish xaqidagi zarur bilimlarni berishdan iborat. Bularning hammasi sog’liqni mustaxkamlashga, ularning gigiena qoidalarini bilishlari va ularga amal qilishlariga bevosita daxldor bo’lib, bunga maktab, oila, jamoatchilik hamda bolalarning o’zlarining birgalikdagi harakat bilan erishiladi. Jismoniy mashqlarga va sport mashqlariga jismoniy tarbiya darslari, kun tartibidagi tadbirlar hamda to’garak mashg’ulotlarida o’rgatiladi. Uning natijasida jismoniy rivojlanish ta’minlanadi. Shuningdek, o’quvchi va talabalarda sportga qiziqishlar shakllantirilib, sport turlariga jalb etiladi. Sog’liqnimustaxkamlash, o’quvchilarni to’g’ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish. Tabiat omillari suv, quyosh, havo ta’sirida o’quvchilarni sog’ligini mustaxkamlash, chiniqtirish hamda organizmni kasalliklarga chidamliligini orttirish. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini imkoni boricha toza xavoda o’tkazish yoki sport zallarini toza havo bilan ta’minlanishini tashkil etish. O’quvchi va talabalarni suv muolajalari, suzish va cho’milish mashg’ulotlarini olib borish hamda quyoshga toblanish tadbirlarini boshqarish. Bu tadbirlarni sayrlar, ekskurstiyalar va turizm mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. Bu vazifa ta’lim muassasasidagi barcha jismoniy madaniyat va sport ishlarining eng muhimi xisoblanadi. U xar bir o’qituvchining, pedagoglar jamoasining diqqat markazida bo’lish kerak. Shuning uchun o’quvchi va talabalarning jismoniy jixatdan normal rivojlanishi kerak. Harakat, malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o’rgatish. O’quvchi va talabalarning jismoniy madaniyat dasturi mazmuni shunday tuzilganki, o’quvchilar jismoniy madaniyat darslarida, uyda, jismoniy madaniyat to’garaklarida va sport to’garaklarida muntazam shug’ullanib, yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashish, muvozanat saqlash kabi hayotiy zarur harakat ko’nikmalarini sistemali tarzda egallay boradilar. Sanab o’tilgan barcha tadbirlar xar tomonlama jismoniy rivojlanishiga, ularni mexnatga tayyorlashga yordam beradi. O’quvchi va talabalarda harakat malaka va ko’nikmalarini shakllantirishda ularni jinsi, yoshi va jismoniy tayyorgarligi hamda shaxsiy qobiliyatiga qarab yondashish zarur. Jismoniy fazilatlarni takomillashtirish. Tezkorlik, kuch, epchillik va chidamlilik hamda egiluvchanlik xar bir kishi uchun zarur bo’lgan sifatlardir. Ular o’quvchi va talabalarda harakat ko’nikmalarining shakllanishi bilan uzviy bog’liqdir. Jismoniy mashqlarni qisqa yoki uzoq vaqt davomida turli sur’atda, turli murakkabliklar bilan o’tkazish yuqoridagi sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Jismoniy fazilatlarni bir—biriga muvofiq holda rivojlantirish. Mashg’ulotlarni shug’ullanuvchilar shaxsiy qobiliyatlariga muvofiq tashkil etish hamda o’quvchilarni sport turlariga jalb etish. Aqliy va estetik sifatlarni tarbiyalash. Botirlik, qat’iylik, intizomlilik, jamoatchilik, do’stlik va o’rtoqlik xissini, madaniy xulq ko’nikmalarini, mehnatiga va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash. Jismoniy tarbiyaning butun jarayoni bunday qimmatli axloqiy va irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ko’pchilik jismoniy mashqlar, o’yin harakatlari dovyuraklik va do’stlik xislarini tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek, Vatanga muxabbat, vatanparvarlik, xis—tuyg’ularni shakllantirish va tarbiyalash. To’g’ri qomatni shakllantirish. To’rganda va yurganda qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirish. Qomatni to’g’ri shakllantirish murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir. Shunday ekan, bu sohada ijobiy natijalarga erishish uchun , tik to’rganda, yurganda qomatini to’g’ri tutishi masadga muvofiqdir; jismoniy mashqlarni keng qo’llash kerak; jismoniy madaniyat darslari mazmuniga albatta qomatni yaxshilashga oid mashqlarni, mashg’ulotlargacha bo’lgan gimnastikani, jismoniy madaniyat vaqtlarini, badan tarbiyani kiritish, o’quvchi va talabalarga o’zlari ustida tinmasdan jismoniy va aqliy mashg’ulotlar bilan ishlash hamda uyga tegishli vazifalar berish kerak. Berilgan vazifalarni o’z vaqtida tekshirish hamda amaliyotda sinab ko’rish shu asosida natijalarga erishish ko’zda tutiladi. O’quvchi va talabalarni aqliy va axloqiy tamondan keng doirada tarbiyalash muxim vazifalardan biridir chunki o’quvchi va talabalar ongi rivojlanish paytida bo’ladi. Tarbiyani yaxshi tomonga yo’naltira olgandagina kerakli natijalarga erishish mumkin. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarga jalb etish. O’quvchi va talabalarni ta’lim muassasalaridagina emas, balki uyda ham jismoniy mashqlarni sistemali ravishda bajarishga odatlantirib borishdan iborat. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun o’quvchi va talabalar bilan olib boriladigan barcha mashg’ulotlarni jonli, o’rganiladigan materialning mazmuni va shaklini qiziqarli, hayajonli qilish, mashg’ulot rahbarining samimiy muomalasi ostida o’tkazish, shug’ullanuvchilar o’zaro do’stona xamkorlik qilishlari uchun sharoit yaratish zarur. O’quvchi va talabalarni shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatlariga ko’ra ularni sport turlari bilan shug’ullanishga jalb etish. Shuningdek, yashash joylarida, sport to’garaklarga umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport mashg’ulotlarni amalga oshirish kerakdir. O’quvchi va talabalarda tashkilotchilikni tarbiyalash, jismoniy madaniyat faoliyatini tayyorlash. Ta’lim muassasasi ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishlarini muvaffaqiyatli olib borish, jismoniy madaniyat darslari hamda mashg’ulotlarni to’laqonli o’tkazishda o’quvchi va talabalar jismoniy madaniyat faoliyatining o’qituvchiga doimiy yordami zarur. O’quvchi va talabalar orasida jismoniy madaniyat tashkilotchilari, sport