O'TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA TOPONIMLARNING QO'LLANILISHI

Main Author: Safarova Olima Mustafoyevna
Format: Article Journal
Bahasa: uzb
Terbitan: , 2021
Subjects:
joy
Online Access: https://zenodo.org/record/5824817
Daftar Isi:
  • ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada “Bahor qaytmaydi” asaridagi joy nomlari haqida fikr yuritilgan. Joylarga qo‘yilgan nomlar, ya’ni toponimlar bugungi kunda ham ma’naviy meros, ham madaniy boylik, ham tilimizning qadimiy xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan ko‘hna tarixiy yodgorliklardan biri sanaladi: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi” Bugungi mustaqillik davrida yoshlarni ona-vatanga muhabbat, ilm-fanga qiziqish ruhida tarbiyalashda nomlarning, xususan, toponimlarning roli benihoya kattadir. Sababi, ijtimoiy-siyosiy sohadagi har bir yangilik va o‘zgarish kishilarning, yoshlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib turadi. Bu esa o‘z-o‘zidan nomlarga va yana ham aniqrog‘i, toponimlar masalasiga qaratish zarur ekanligini eslatib turadi.